Erkaklar boʻlmasa, aytilmas azon,
Erkaklar boʻlmasa, qaynamas qozon,
Erkaklar boʻlmasa, chaqaloq qayda,
Erkaklar boʻlmasa, shapaloq qayda,
Erkaklar boʻlmasa, moʻylov qaydadir,
Erkaklar boʻlmasa, kuyov qaydadir,
Dunyo turguncha tursin erkaklar,
Doimo hurmatda yursin erkaklar!